Главная » 2021 » Март » 2 » Bolalar yelkasi yelkasiga tegib uxlagan – Toshqulov “kvartira”da halok bo‘lgan talabalar haqida
22:10

Bolalar yelkasi yelkasiga tegib uxlagan – Toshqulov “kvartira”da halok bo‘lgan talabalar haqida


Avvalroq, Yunusobod tumanidagi uyda 5 nafar talabaning jasadi chiqqani haqida xabar bergan edik. Keyinroq Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi qurilishda halok bo‘ldi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Hukumat soati”da shu ikki fojia haqida ma’lumot berdi.

“Kuni kecha, Yunusobodda 5 nafar talabaning nobud bo‘lgani, yana Yuridik universitet talabasining qurilishda nobud bo‘lgani bu hammamizga juda katta mahzunlik, qayg‘uga soldi”, deydi vazir.

U talabalar bilan bevosita ishlashi kerak bo‘lgan guruh murabbiylarining ustama puli berilmaganini tanqid qilib, OTM rektorlarini eskicha fikrlashda aybladi.

“60 foiz rektorlar guruh murabbiylarining ustama pulini bermagan. Qonunchilikda, qonunosti hujjatda bor. Huddi o‘zining cho‘ntagidan berayotgandek... eskicha fikrlashda. Guruh murabbiyi sifatida pul bermay ishlatish bozor sharoitiga qanchalik to‘g‘ri keladi? Guruh murabbiyi kuniga 2 tadan talabaning uyisha borganda edi, u qayerda yashayotganini besh barmog‘idek bilardi.

Ana shu holatda ham ko‘rilyapti (Yunusoboddagi hodisa – tahr.) bolalar shunday yelkasi yelkasiga tegib uxlagan. Maydon kichkina”, deydi Toshqulov.

Uning qayd etishicha, tergov-surishtiruv jarayonlari hali tugamadi. Lekin barcha rektorlar janoza tadbirlarida qatnashib, marhumlarning ota-onalariga moddiy, ma’naviy yordam berdi, barcha jamoasi bilan yonida bo‘ldi. Noxush holatga rektorlar befarq emas, qat’iy nazoratga olingan.

Ma’lumot uchun, Yunusoboddagi holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi “a” bandi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: halok bo‘lgan, Toshqulov, talabalar, kvartira | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя