Главная » 2020 » Ноябрь » 14 » Xuddi dinozavr kabi: Floridada juda katta alligator tasvirga olindi (foto)
11:12

Xuddi dinozavr kabi: Floridada juda katta alligator tasvirga olindi (foto)


AQShning Florida shtatidagi golf klublaridan birida mehmonlar ulkan alligatorning maydon bo‘ylab sayr qilayotganini videoga olishdi, deb yozmoqda “The Sun” gazetasi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, alligator asta-sekin golf maydonchasini kesib o‘tib, kichik suv havzasiga tushib ketgan.

Video internet foydalanuvchilarini hayratda qoldirgan. Ular timsohni dinozavr hamda Godzilla bilan taqqoslashgan. Ba’zilar yirtqichning uzunligi kamida besh metr bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.

“Juda ulkan, xuddi dinozavrga o‘xshaydi. Undan uzoqroqda yashaganim yaxshi "," Alligatorlar qanchalik tez yuguradi? Qochishga ulguramanmi?" deb qayd etishgan foydalanuvchilar.

Shuni ta’kidlash kerakki, alligatorlar AQShdagi golf maydoniga birinchi marta kelishayotgani yo‘q. Masalan, o‘tgan yili maysazorga ulkan yirtqich kirib kelganligi sababli o‘yin to‘xtatilgan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: DINOZAVR, (Foto), tasvirga olindi, Alligator, Floridada, juda katta | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя