Главная » 2020 » Май » 3 » Yana ikki viloyatda bir qancha bemorlar koronavirusdan sog‘aydi
20:01

Yana ikki viloyatda bir qancha bemorlar koronavirusdan sog‘aydi


Andijon va Farg‘ona viloyatida jami 11 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 3 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Shu soatlarda bir yo‘la ikki viloyatda: Andijonda 8 nafar va Farg‘onada 3 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Shunday qilib, bugunning o‘zida 48 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1319 nafarni tashkil etmoqda. Eslatib o‘tamiz, ayni paytda mamlakatda koronavirus aniqlanganlar soni 2136 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 807 nafar bemor davolanmoqda.

Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirgacha mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq 2136 ta holat qayd etilgan. Bugungacha bemorlarning 10 nafari vafot etgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bemorlar, sog‘aydi, koronavirusdan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя