Главная » 2017 » Январь » 15 » Yulduz Usmonova Ozodbek Nazarbekovdan konsert kunlarini tortib oldimi?
08:57

Yulduz Usmonova Ozodbek Nazarbekovdan konsert kunlarini tortib oldimi?


O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov 2017 yilda konsert bermasligini ma’lum qilganidan so‘ng bu holat ijtimoiy tarmoqlarda, xonandaning muxlislari o‘rtasida keng muhokama qilindi. Har kim bu holni turlicha baholadi. 

“Yulduz Usmonova o‘z konsert kunlarini qaytarib olish maqsadida Ozodbek Nazarbekovga aprel oyida konsert berishiga to‘sqinlik qildi” qabilidagi mish-mishlar tarqaldi. Mana shu kabi mish-mishlar qay darajada rost yoki yolg‘onligiga Ozodbek Nazarbekov jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda to‘xtalib o‘tdi.

“Bu yil konsert berish-bermaslik g‘oyasi o‘tgan yili aprel oyi konsert paytida pado bo‘lgan edi. Lekin ikkilanishlar ham bor edi. Odamlarga nima deymiz? Sabablarini qanday izohlaymiz, deb turganimizda, men juda ham hurmat qilgan, ustozim deb biladigan insonim Yulduz Usmonovaga konsert berish imkoni berildi. Shunda men konsertim uchun belgilangan kunlarni Yulduz opaga o‘zim taklif qildim. ‘Mana shu sanalarda bemalol konsert berishingiz mumkin’, dedim, chunki bu kunlar mening konsertim uchun bront qilingan edi.

Yulduz Usmonova bilan munosabatlarimiz hech qachon sovuqlashmagan. Ular bilan hech qachon ziddiyatli munosabatda bo‘lmaganmiz. Men ularni judayam hurmat qilganman. Bundan keyin ham hurmat qilaman. Aprel oyida Yulduz Usmonovaning konsert berishi meni o‘zim konsert berishimdan ko‘proq quvontiradi”,—deydi Ozodbek Nazarbekov.

“Yulduz Usmonovaning konsertida mehmon bo‘lasizmi?” degan savolga Ozodbek Nazarbekov “albatta” deya javob berdi.


Manba: "darakchi.uz"

Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @tarona_tv manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: Sevgi dunyosi | | Теги: Yulduz Usmonova, ozodbek nazarbekov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя