15:02 Yurak baquvvat bo‘lishi uchun nima qilish kerak? Nemis kardiologi shaxsiy sirlarini ochdi | |
Germaniyadagi Sana Hospital Düsseldorf-Benrath bosh shifokori, kardiolog Torsten Dillning aytishicha, yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog‘liq aksariyat xunuk oqibatlarning oldini olish mumkin. Qanday qilib? Bunga mutaxassisdan intervyu olgan «Focus.de» aniqlik kiritdi.
«Sog‘lom ovqatlanib, jismoniy faollikni to‘xtatmaslik kerak. Jismoniy mashqlarga haftasiga 150-180 daqiqa ajratsangiz kifoya. Ko‘proq piyoda yurish, liftdan emas, zinalardan foydalangan ma’qul — oddiy, ammo samarasi juda zo‘r. Yurak hamda qon tomirlarini muhofazalashda xolesterin miqdori va qon bosimini doimo nazorat qilib turish ham juda muhim. Tamaki chekishni esa butunlay unuting», — dedi kardiolog. Torsten Dillning o‘zi, ob-havo qanday bo‘lishidan qat’i nazar, haftasiga muntazam uch marta yugurishga chiqadi va kamida 1 soat tinmay chopadi. «Boshqa hech qanday mashqlar kerakmas, yugurishning o‘zi menga yetadi. Albatta, kunlik ovqatlanish tartibini saqlash: iloji boricha go‘shtni kamaytirib, baliq va sabzavotlarni ko‘proq iste’mol qilish payida bo‘laman», — dedi doktor. Nemis kardiologining fikricha, yurak kasalliklarining bosh sababi — siqilish. Stressga olib keluvchi sabablar esa kam uxlash yoki yaxshi uxlamaslik, chekish, ko‘p miqdorda shirinliklar yoki alkogol iste’mol qilishdir, deydi Torsten Dill.
Manba: "xabar.uz"
| |
|