Главная » 2017 » Январь » 22 » Yuzga husnbuzar chiqsa, bu nimaning belgisi?
17:30

Yuzga husnbuzar chiqsa, bu nimaning belgisi?


Husnbuzar yuzingizning qaysi sohasida paydo bo‘lganiga ko‘ra, organizmingiz uchun qanday muolaja kerakligini bilishingiz mumkin. Demak, ko‘zgu qarshisiga turing-da, suratda ko‘rsatilganidek, yuz sohalariga diqqat qiling. Agar:

  1. husnbuzar peshana markazida bo‘lsa, ingichka ichak bilan bog‘liq muammolar borligidan darak;
  2. peshana chakkasidagisi siydik qopi muammolarini aks ettiradi;
  3. qoshlarning yuqorisida paydo bo‘lgani yurak-qon tomir faoliyatida bezovtalik borligi nishonasi;
  4. qoshlar o‘rtasidan chiqqani jigaringizdagi o‘zgarishlardan xabarchi;
  5. ko‘z osti qopchalarida bo‘lsa, buyrakdagi muammolardan ogohlantiradi;
  6. burun ustidagisi oshqozonosti bezi faoliyatida o‘zgarishlar kuzatilayotganidan darak beradi;
  7. yuzning o‘rta qismiga toshgani qorin va ichaklar faoliyati ta’sirida yuz beradi;
  8. lab usti bo‘lsa, yurak bilan bog‘liq muammolarni anglatadi;
  9. lablarning ikki yon tarafidan paydo bo‘lgani yo‘g‘on ichakdagi muammolarni bartaraf etishga chorlaydi;
  10. jag‘ ustidan chiqqani o‘pkadagi shamollash yoki biror kasallik alomati bo‘lishi mumkin;
  11. dahan sohasidagi husnbuzarni kichik tos suyagi bilan bog‘liq deya baholashadi.

Manba: "darakchi.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: husunbuzar, yuz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя