Главная » 2021 » Март » 14 » "Zangiotadagi kasalxona to‘lib ketgan": O‘zbekistonda vaziyat yana og‘irlashyaptimi?
19:40

"Zangiotadagi kasalxona to‘lib ketgan": O‘zbekistonda vaziyat yana og‘irlashyaptimi?


Sog‘liqni saqlash vaziri matbuot kotibi kun.uz Internet nashri orqali so‘nggi ikki sutka ichida koronavirus tarqalishi keskin ko‘payganligiga oid xabarlarga rasmiymunosabat  bildirdi.

Turli postlarda shaxslarini oshkor qilmagan manbalar shifoxonalarda joy qolmaganligi, ayniqsa, Zangiotadagi yuqumli kasalliklar shifoxonalai  to‘lib ketganligi, reanimasiya bo‘limlarida bemorlar og‘ir ahvolda ekanligi to‘g‘risidagi audioxabarlar yo‘llaganlar.

Furqat Sanayevning fikriga ko‘ra, hozirda  4 ming shifo o‘ringa ega bo‘lgan Zangiotadagi ikkita davolash muassasalarida minglab bo‘sh o‘rinlar mavjud.  O‘rinlarga ehtiyoj yo‘qligi uchun Zangiota 2-yuqumli kasalliklar shifoxonasining “A” blogi to‘liq yopilgan, “V” blogining ham bitta bo‘limi butunlay, ikkinchi bo‘limining esa yarmi yopilgan. Demak, asossiz xavotirga o‘rin yo‘q, vahimalardan qo‘rqmaslik, ammo shu bilan birga ko‘p marta aytilgan  sanitariya va gigiyena qoidalarini  unutmaslik kerak.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: og‘irlashyaptimi, Zangiotadagi, vaziyat, Kasalxona | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя