Главная » 2020 » Апрель » 21 » Zo‘r! Toshkentda yana 21 nafar bemor tuzaldi
18:55

Zo‘r! Toshkentda yana 21 nafar bemor tuzaldi


Ayni kunlarda koronavirus pandemiyasi bilan kurashayotgan barcha davlatlarning malakali mutaxassislari, koronavirus tarqalishining oldini olishda, eng asosiy omil karantin ekanini yakdillik bilan ta’kidlashmoqda. Shuningdek, yurtimiz shifokorlari tomonidan infeksiyaga chalinganlarni erta bosqichda aniqlash, tezkor va samarali davo choralarini amalga oshirish ham juda muhim ahamiyatga ega.

Poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan navbatdagi 21 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Shifo topganlarning 8 nafari Rossiyadan Toshkentga kelishgach, “Sokol” oromgohiga karantinga olingan, 1 nafari Fransiyadan, yana 1 nafari esa BAAning Dubay shahridan kelgan. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan. Qolgan 11 nafari koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yutirib olgan.

Bemorlardan 11 nafari erkak, 10 nafari ayol. Ulardan 13 nafari poytaxtimizdan, Samarqand va Farg'ona viloyatlaridan 2 nafardan, Namangan, Navoiy, Xorazm va Toshkent viloyatlaridan esa 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 67 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 11 yoshda. So‘nggi tekshiruvlar ushbu bemorlarda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi.

Ushbu klinikada shu paytga qadar 29 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 50 nafarga yetdi.

Hozirga qadar yurtimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 334 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Manba: "aniq.uz"
| Теги: bemor tuzaldi, Zo‘r, Toshkentda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя