Главная » 2017 » Июнь » 18 » Abiturientlar diqqatiga! Navoiyda qabul: yangi yo‘nalishlar va sirtqi bo‘limlar
12:02

Abiturientlar diqqatiga! Navoiyda qabul: yangi yo‘nalishlar va sirtqi bo‘limlar


Avvalroq oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish tartib va qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlar haqida xabar bergan edik.

Joriy yilda Navoiy davlat pedagogika institutida yangi o‘quv yilida 1560 nafar talaba ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ularning 480 nafari davlat granti, 1080 nafari to‘lov-shartnoma asosida qabul qilinadi. Magistrlar uchun esa 38 nafar talabani qabul qilish belgilangan. Institutda joriy yil mehnat ta’limi yo‘nalishi ochildi.

Navoiy davlat konchilik institutida Navoiy shahri bo‘yicha o‘n ikkita ta’lim yo‘nalishida (Olmaliq va Zarafshon shahar filiallaridan tashqari) 740 nafar abiturient talaba bo‘ladi. Ularning 205 nafari davlat granti, 535 nafari to‘lov-shartnoma asosida qabul qilinadi. Sakkizta yo‘nalishda 59 nafar magistr o‘qiydi.

Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti yangi ochilgan yo‘nalishlarga bakalavrlarni qabul qilish boshlandi.

Konchilik sohasidagi talabalardan kelib chiqib, 6 ta maxsus sirtqi bo‘lim ochildi. Ya’ni metallurgiya, konchilik ishi, konchilik elektr mexanikasi, elektr energetikasi, mashinasozlik texnologiyasi va mashinasozlik ishlab chiqarishlarini avtomatlashtirish, texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish, boshqarish yo‘nalishlariga 90 nafar talaba qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, sirtqi bo‘limlarga faqat ayni yuqoridagi hamda unga turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim olgan, shuningdek, ishlab chiqarish korxonalarida uch yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega, ishlab turgan sohadan tavsiyanoma olgan kadrlargina qabul qilinadi.

O‘zbekiston bo‘ylab qabul jarayonlariga oid xabarlar va o‘zgarishlarni saytimiz orqali berib boramiz. Bizni kuzatishda davom eting.

Musulmonbek Ibrohimov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: abiturientlar, sirtqi bo‘lim, yangi yo‘nalishlar, Navoiyda qabul, Diqqat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя