Главная » 2016 » Ноябрь » 2 » AQShda 7 yoshli bolakay 3 yoshli go‘dakni otib qo‘ydi
10:39

AQShda 7 yoshli bolakay 3 yoshli go‘dakni otib qo‘ydi


AQShning Tolido shahridagi xonadonlarning birida 7 yoshli bolakay qo‘lidagi qurol bilan tasodifan 3 yoshli go‘dakni otib qo‘ydi. Bu haqida “Regnum.ru”  xabar bergan.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, falokat sodir bo‘lgan vaqtda uyda kattalar ham bo‘lishgan. Ayni vaqtda polisiya, 7 yoshli bolaning qo‘lidagi qurol kimga tegishli ekanini aniqlamoqda.
 
3 yoshli Tayron Xoskinsning jasadini yorish vaqtida uning aynan o‘q tufayli vafot etgani tasdiqlandi. Tergov ishlari davom etmoqda.
 
Voqea bir necha kun avval sodir bo‘lgan bo‘lsa-da, bu haqda bugun, 1 noyabr kuni oshkor qilindi.

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: 7 yoshli bolakay, 3 yoshli go‘dak, otib qo‘ydi, AQShda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя