Главная » 2016 » Октябрь » 27 » Arabistonlik kuyov to‘ydan 2 soat o‘tib kelin bilan ajrashdi
13:08

Arabistonlik kuyov to‘ydan 2 soat o‘tib kelin bilan ajrashdi


Kecha, 26 oktabr kuni Saudiya Arabistoni fuqarosi to‘ydan 2 soat o‘tib, kelin bilan ajrashdi. Bu haqda“The Independent” xabar qiladi.
 
Nikoh shartnomasiga ko‘ra, kelin ijtimoiy tarmoqlarga hech qachon surat joylashtirmasligi kerak bo‘lgan. Biroq kelinchak shartnomani buzgan ravishda, to‘ydagi suratlarni Snapchat dasturi orqali o‘z do‘stlariga yuborgan.
 
Bundan xabar topgan kuyov esa to‘y o‘tganidan 2 soat o‘tib, kelin bilan ajrashgan.
 
Kelinchakning oilasi, kuyovni o‘ta shafqatsizlikda ayblamoqda. Biroq Saudiya Arabistoni qonunlariga ko‘ra, erkak to‘ydan so‘ng, hech bir sabablarsiz bir tomonlama ajrimga ega bo‘lishi va nikohni bekor qilishi mumkin. Ayollar esa ajrim uchun yo turmush o‘rtog‘i yoki bo‘lmasa sudning ruxsatini olishlari kerak.
 
Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistonidagi ajrimlarning yarmi aynan yangi oila qurgan kelin-kuyovlar o‘trasida sodir bo‘lmoqda. 

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Kelin, ajrashdi, Arabistonlik, Kuyov, to'y | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя