Главная » 2021 » Июль » 21 » «Asakabank» mansabdorlari 2 million dollarni «bo‘lib olishdi»
14:41

«Asakabank» mansabdorlari 2 million dollarni «bo‘lib olishdi»


Osiyo taraqqiyot banki moliyalashtirgan loyiha pullari mahalliy amaldorlar va tadbirkorlar tomonidan o‘zlashtirib yuborildi. Bu haqda IIB xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, pezidentning «Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida»gi qarori asosida Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan $2 mln miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini soxta hujjatlar asosida «G.B.A.» MChJ rahbari, «Asakabank» AJ Buxoro viloyati filiali mansabdorlari, «Asakabank» AJ bosh ofisi mansabdorlari hamda «K.s» MChJning mansabdorlari bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, qo‘lga kiritgan.  

Shuningdek, kreditning qaytarilishini ta’minotsiz qoldirib, davlat va bank manfaatlariga kreditning asosiy qismi to‘lanmaganligi natijasida 1 mln 282 ming 630 AQSh dollari, foiz va penya qarzdorligi hisobidan 358 ming 084 AQSh dollari miqdorida zarar yetkazgan.

Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov olib borilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: dollarni, Asakabank mansabdorlari, Million | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя