Главная » 2017 » Февраль » 20 » “Asal oyi” filmida Shahzoda Muhammedova uch kishining ishini uddalayapti
18:45

“Asal oyi” filmida Shahzoda Muhammedova uch kishining ishini uddalayapti


Rejissyor Jahongir Ahmedov yangi film suratga olayotgani haqida xabar bergan edik. “Asal oyi” deb nomlangan mazkur filmda bosh rollarni Shahzoda Muhammedova va Azamat Ahrorov ijro etmoqda. 

Filmning suratga olish ishlari boshlab yuborildi. Dastlabki sahnalar Misrning Sharm ash-Shayx kurort shahrida suratga tushirilmoqda. Mazkur jarayon aks etgan suratlar film ijodkorlari, xususan rejissyor Jahongir Ahmedovning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan o‘rin olgan.

Mana shunday suratlardan birini izohlar ekan rejissyor “Asal oyi” filmida aktrisa Shahzoda Muhammedova uch kishining ishini uddalayotganini alohida e’tirof etdi. Ma’lum bo‘lishicha, aktrisa “Asal oyi” filmida bosh qahramon rolini ijro etishdan tashqari liboslar bo‘yicha dizayner hamda grimm ustasi sifatida ishlamoqda.

“Asal oyi”da asosiy rollardan birini aktyor Muhammadiso Abdulxairov ijro etmoqda.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: asal oyi, uch kishi, Shahzoda Muhammedova, ishini uddalayapti | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя