Главная » 2016 » Октябрь » 24 » Ayollarning erkaklardan 6 farqi
13:25

Ayollarning erkaklardan 6 farqi


Avtomobilni yaxshi va e’tibor bilan boshqaradi! Shirakayf ahvolda aslo “rul”ga o‘tirishmaydi! Yo‘l harakati qoidalarini buzmaslikka intilishadi va kamdan-kam holatlarda yo‘l harakati hodisalarining ishtirokchisiga aylanishadi.

Ayollarning immuniteti mustahkam! Nozik hilqatning organizmidagi estrogen gormoni virus va infeksiyalar bilan kurashda yengilmaslik uchun kuch berib turadi.

Ovqatlanish tartibiga rioya qiladi! Vaqtini ayamay, dangasalik qilmay salomatlik uchun foydali taomlar pishiradi. Erkaklardan farqli o‘laroq 2 daqiqadan tayyor bo‘ladigan lag‘monlarga qayrilib qaramaydi.

Ishi baroridan keladi! Ayollar erkaklarga qaraganda tavakkalchi bo‘lishadi. Kichik bir masala yuzasidan erkaklarga o‘xshab, haftalab bosh qotirish ularga xos emas. “Bo‘lsa-bo‘ldi, bo‘lmasa-yo‘q” qabilidagi ish yuritish ko‘pincha ularga omad keltiradi, shu jumladan daromad ham!

Tushkunlikni yengil o‘tkazadi! “Oh-voh” va yig‘ining foydasidir bu balki? 53 % ayollar o‘zini bezovta qilayotgan masala yuzasidan dugonalari, opa-singli bilar o‘rtoqlashadi, ulardan tayinli maslahatni ololmasa ham. Erkak esa mag‘rur, u hatto eng yaqin do‘stiga ham “muammoga duch” keldim deyishni istamaydi.

O‘qishni sevadi! Izlanishdan, o‘z ustida ishlashdan aslo charchamaydi! Erkaklar orasida oliy o‘quv yurtini oxirigacha yakunlamay tashlab ketadiganlar ko‘proq uchraydi. Ular dangasaligi va mag‘lubiyatdan qo‘rqqani sabab o‘rtamiyona ishda ishlashga ham rozi bo‘laveradi.

Uzoq umr ko‘radi! Keksalik gashtini surayotganlarning 85% ini ayollar tashkil etadi. O‘rta hisobda ojizalar kuchli jins vakillaridan 5-10 yil ko‘proq yashar ekan. 


Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: Erkak, ayol va erkak, Ayol | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя