Главная » 2021 » Май » 8 » Bog‘cha mudirasi salkam 1 milliard so‘mni o‘zlashtirdi – prokuratura
17:49

Bog‘cha mudirasi salkam 1 milliard so‘mni o‘zlashtirdi – prokuratura


2021-yil o‘tgan davrida viloyat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qonunbuzilish holatlari yuzasidan Toshkent viloyat prokuraturasining rasmiy bayonoti e’lon qilindi.

Ta’lim muassasalari rahbarlarining budjet mablag‘larini talon-toroj qilishi holatlari yuzasidan 11 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Misol uchun, Zangiota tumanida joylashgan 16-sonli MTT mudirasi amalda ishlamagan 37 nafar xodim nomiga ochilgan plastik kartalarni noqonuniy ravishda o‘zida qoldirishni talab qilib, tabellarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali 983,5 mln. so‘m budjet mablag‘larini o‘zlashtirib yuborgan.

Oqqo‘rg‘on tumanidagi 2,6,10,12-sonli MTTlar mansabdor shaxslari tomonidan o‘zlariga ishonib topshirilgan oziq-ovqat mahsulotlari talon-taroj qilingan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: salkam, o‘zlashtirdi, mudirasi, bog‘cha, Prokuratura | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя