Главная » 2020 » Май » 12 » Do‘stining tug‘ilgan kunida koronavirusga chalinganini aytib hazillashgan qizda rostdan ham kasallik aniqlandi
11:06

Do‘stining tug‘ilgan kunida koronavirusga chalinganini aytib hazillashgan qizda rostdan ham kasallik aniqlandi


Amerikaning Pasadina shahrida yashovchi qiz do‘stining tug‘ilgan kuniga niqob taqmay keldi, mehmonlarning oldida yo‘taldi va koronavirusga chalinganini aytib hazillashdi, deb yozadi Mirror.

Qayd etilishicha, qiz bir necha kundan keyin koronavirusga test topshirgan. U haqiqatan ham virusni yuqtirib olgan ekan.

Nashrning yozishicha, bemor qiz kechaning yana besh nafar mehmoniga ham virusni yuqtirgan. Yana olti kishi ham koronavirusga chalingan bo‘lishi taxmin qilinmoqda, ularda hozircha simptomlar kuzatilmagan.

Shahar ma’muriyati saytida tug‘ilgan kun tashkilotchilari “Uyda xavfsizroq” buyrug‘i talablarini buzgan. Ular tibbiy niqob taqmagan va masofa saqlamagan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: tug‘ilgan kunida, Do‘stining, koronavirusga, kasallik aniqlandi, hazillashgan, qizda, chalinganini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя