Главная » 2017 » Декабрь » 10 » Dushanba kunlaridan qo‘rqish hissini qanday yengish mumkin?
10:05

Dushanba kunlaridan qo‘rqish hissini qanday yengish mumkin?


Balki siz o‘z ishingizdan qoniqish his qilmayotgandirsiz, ishingiz ko‘pdir yoki kam haq olayotgandirsiz, sizga hamkasblaringiz yoki tashkilotning yuritayotgan siyosati yoqmayotgandir? Balki siz zerikayotgandirsiz?

Sababini aniqlashga harakat qiling, keyin esa dushanba kunlarini qaytadan yaxshi ko‘rish uchun quyidagi usullardan biridan foydalaning.

Boshqa vazifalarga tayinlashni iltimos qiling
Hozir sizning qaysi kuchli tomonlaringiz ishga tushmayotganini o‘ylab ko‘ring. Ularni qo‘llashning aniq rejasini tuzing va boshliq bilan gaplashing.

2. Ko‘tarilish imkoniyatlaridan foydalaning
Ko‘pchilik tashkilotlarda xodimlarning yuksalishga imkoniyati bor: menejmentlik kurslari, murabbiylik dasturlari, master-klasslar.

Agar siz ishlayotgan kompaniya hozirgi vaqtda bunday sharoitlarni taklif qilmayotgan bo‘lsa, o‘zingiz bu haqda iltimos qilib so‘rang.

3. O‘zingizni ko‘rsatishga harakat qiling
Agar siz yuqoriroq lavozimni egallamoqchi bo‘lsangiz, nafaqat o‘zingizning vazifalaringizni, balki undan ham ko‘prog‘ini bajaring.

Yig‘ilishlarda g‘oyalaringizni ayting, loyihaga rahbarlik qilishni o‘z zimmangizga olishni taklif qiling yoki qo‘shimcha o‘rganishdan o‘tishni so‘rang. Bu sizning o‘sishga qiziqishingizni va javobgarlikni zimmangizga olishga tayyor ekanligingizni ko‘rsatadi.

4. Agar charchagan bo‘lsangiz, o‘zingizga dam olishga vaqt bering
Holdan toyish sizga ham, ish beruvchingizga ham hech qanday yaxshilik olib kelmaydi, shuning uchun yaxshisi dam oling.

Hatto, agar ishdan uzoqlashish hozirgi paytda imkonsiz bo‘lsa ham, hech bo‘lmasa kichikroq ta’til oling. Siz qayta tiklanasiz va yangi kuchlar bilan ishga qaytasiz.

5. Boshqa ish izlashni boshlang
Agar siz ishingizdagi sharoitni o‘zgartirishga harakat qilsangiz ham baribir o‘zingizni yomon his qilayotgan bo‘lsangiz, bu boshqa ish izlash vaqti kelganini bildiradi.

Sizning bo‘lajak ish joyingiz qanday sifatlarga ega bo‘lishi kerakligi haqida o‘ylab ko‘ring. Lavozimning oshishi, malakalaringiz, yangi bilimlar olish imkoniyati, ish haqi, ish va shaxsiy hayotning mutanosibligi, ofisning joylashgan joyi, kompaniyaning madaniyatini hisobga olish juda muhimdir. O‘zingiz orzu qilgan ishning sifatlarini ro‘yxat qiling va izlashni boshlang.

Manba: “Layfxaker”

Manba: "daryo.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: dushanba, maslahat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя