Главная » 2016 » Декабрь » 6 » Erkak kishi bilan muloqotga kirishishning 3 siri
17:44

Erkak kishi bilan muloqotga kirishishning 3 siri


1-SIR: Erkaklar suhbat maqsadi aniq bo‘lgandagina muloqotga kirishadi. Ayollar esa birinchi o‘rinda maqsadni emas, jarayonni mo‘ljallashadi.

  • Suhbat maqsadi mavhum bo‘lmasin.
  • Erkakka savol berishni o‘rganing. Masalan, «ishlaringiz qanday?» deb oddiygina so‘rasangiz, javob ham qisqa bo‘ladi: «yaxshi» yoki «bo‘ladi». Buni shunday tarzda to‘g‘ri so‘rashingiz mumkin: «azizim, yangi loyihangiz qanday bo‘layapti? Rostdan ham o‘zingiz o‘ylaganchalik qiyin ekanmi?»
  • Gapning dangalini ayting, biror nimaga shama qilib, erkakni mavhumlik bilan cho‘chitmang.

2-SIR: Erkak jim holda fikr yuritadi va oxirgi natijanigina aytadi.

Juftingiz bilan biror nimani muhokama qilayotganda javobni o‘ylab olishiga imkon bering.

3-SIR: erkaklar uchun o‘z tuyg‘ularini ifodalash oson ish emas. Biz esa buning uchun ularni hissizlikda ayblaymiz. O‘z navbatida bu ularning «ayolim meni tushunmaydi», degan qaroriga sabab bo‘ladi. Shu bois:

  •  Erkak fikrini ifodalayotganida gapini bo‘lmang.
  • Tuyg‘ularini aniqlab olish jarayonida sabrli bo‘ling. Chunki erkak kishiga hislarini ifodalash bizchalik oson emas.
  • Juftingizga uning fikrini tushunayotganingizni bildiring. Shunda u sizning tuyg‘ularingizni yanayam hurmat qiladi.
  • Sevgilingizga nisbatan e’tiborli va samimiy bo‘ling.

Manba: "darakchi.uz"

Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @tarona_tv manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: Sevgi dunyosi | | Теги: Erkak, muloqot, Ayol | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя