Главная » 2016 » Декабрь » 1 » Farhod Alimov oila mustahkamligini ta’minlovchi jihatlar haqida gapirdi
20:22

Farhod Alimov oila mustahkamligini ta’minlovchi jihatlar haqida gapirdi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyevaning turmush o‘rtog‘i, boshlovchi Farhod Alimov jurnalist Baxtiyor To‘raxonovning “19:09” ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi.  

Suhbat davomida Farhod Alimov oila mustahkamligida e’tiborli jihatlar haqida gapirdi: 

“Oila mustahkam bo‘lishi to‘yning qanday o‘tishiga bog‘liq emas. Dabdali to‘y baxt garovi emas. Oilaviy baxt ikki yoshning o‘ziga bog‘liq. Turmush qurishdan avval siz bir-biringizni sevishingizni aniqlab olishingiz kerak. Shundan so‘nggina to‘yga taraddud ko‘rish mumkin. Ba’zan hayotda shunday bo‘ladiki, shoshilinchda turmush qurishadi, to‘y qilishadi. Oradan bir yil o‘tgach esa, bir-biriga to‘g‘ri kelmaganini tushunib yetadi. Shuncha tayyorgarlik, tashvishlar nimaga kerak edi? Shuning uchun hammasi ikki insonning o‘ziga bog‘liq. Men ikki inson o‘rtasida muhabbat bo‘lishi kerak, deb hisoblayman”,—deydi Farhod Alimov.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Farhod Alimov, Rayhon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя