Главная » 2016 » Ноябрь » 2 » Rayhon va Farhod Alimovlarning nikohlari sanasi ma’lum bo‘ldi
09:53

Rayhon va Farhod Alimovlarning nikohlari sanasi ma’lum bo‘ldi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva hamda Farhod Alimovning atroflarida bo‘layotgan xabarlar o‘z tasdig‘ini topdi.

Ularning nikoh sanasi ma’lum bo‘ldi. Joriy yilning 5 noyabr kuni poytaxtimizning restoranlaridan birida Rayhon va Farhodning nikoh marosimlari munosabati bilan Amru-Ma’ruf dasturxoni yoziladi.

Avvalroq Farhod Alimov ushbu sana hali ma’lum emasligini, biroq Rayhon bilan uchrashishayotganini ma’lum qilgandi.

Qayd etish joizki, Rayhon va Farxod Alimov ham birinchi turmushlaridan ajrashgan.

Rayhon, Farxod Alimov bilan “Izlama” qo‘shig‘iga suratga olgan klipida ijodiy hamkorlik qilgan. Xonandaning aksariyat muxlislari videosar premerasidan so‘ng, tarona va klip syujetini bevosita xonandaning hayotiga bog‘lashgan edi.

Fursatdan foydalanib, ularga baxt tilab qolamiz! 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Farhod Alimov, Rayhon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя