Главная » 2021 » Сентябрь » 21 » Gastrit orttirib olmaslik uchun voz kechish kerak bo‘lgan 7 mahsulot
18:31

Gastrit orttirib olmaslik uchun voz kechish kerak bo‘lgan 7 mahsulot


Oshqozon bilan bog‘liq muammolarni yuzaga kelishini oldini olish uchun qanday mahsulotlarni ratsiondan chiqarib tashlash kerakligi haqida gastroenterolog shifokor Aleksandra Miznikova ma’lumot beradi.

Gazlangan ichimliklar

Gazlangan ichimliklar, ayniqsa shirinlari organizmni qattiq zo‘riqtiradi va shilliq qavatni qo‘zg‘atuvchi katta omil hisoblanadi. Ushbu mahsulotlarning iste’molidan keyin oshqozon osti bezidan fermentlar ishlab chiqarilishi jadallashadi. Oshqozon osti bezining faoliyati esa o‘z navbatida o‘t pufagi bilan aloqador bo‘ladi. Shuning hisobiga organizmda istalgan yallig‘lanish kuzatilishi mumkin bo‘ladi. Gazlangan ichimliklar tarkibidagi karbonat angidrid oshqozonga salbiy ta’sir qilib, tuzli kislota ajralishini rag‘batlantiradi. Bu esa tabiiyki oshqozonning devorlarida aks etmay qolmaydi.

Yog‘li taom

Qovurilgan kartoshka, tovuq yoki go‘sht va shunga o‘xshash yog‘li taomlarning haddan ortiq iste’mol qilish jig‘ildon qaynashiga, og‘irlik hissining paydo bo‘lishi va oshqozon sohasida og‘riq paydo bo‘lishiga olib keladi. Bunday yeguliklar tanovul qilganda organizmga qayta ishlash uchun fermentlar yetishmaydi, hazm jarayonini susayadi. Bunday vaqtda organizmga hazm borasida ko‘maklashish uchun jigar doimgidan ancha jadal ishlaydi. Oqibatda kishi og‘irlik hamda ko‘ngil aynishini his qiladi.

Dudlangan, achchiq va nordon mahsulotlar

Dudlangan mahsulotlarning barchasi katta miqdorda iste’mol qilinganda oshqozon va o‘t pufagi uchun zararli hisoblanadi. Shuningdek, bunday mahsulotlardan tiyilmaslik tosh paydo bo‘lishiga ham olib kelishi mumkin. Achchiq, nordon taom va mahsulotlarning iste’moli gastritni keltirib chiqishi mumkin. Gap shundaki, tayyorlanishda foydalanilgan achchiq ziravorlar oshqozonning shilliq qavatini qo‘zg‘atib, turli yallig‘lanishlar paydo bo‘lishiga hissa qo‘shadi. Marinadlangan mahsulotlarning tanovuli borasida me’yorni bilmaslik ham salomatlik uchun xavfli. Tuzlangan mahsulotlarni kam-kamdan yeyish taqiqlanmagan. Masalan, tuzlangan karamni haftada bir marta me’yorida iste’mol qilish zarar keltirmaydi.

Sut

Aynan qayta ishlanmagan tabiiy sut mahsuloti ichaklar bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi. Bu esa gastrit paydo bo‘lishiga olib keladi. Yosh o‘tishi bilan bunday sutni hazm qilishda ishtirok etadigan fermentlar miqdori kamayadi. Ichaklarning zo‘riqishi o‘t pufakda yallig‘lanish paydo bo‘lishiga olib keladi. Gap shundaki, ichaklar ovqatni hazm qilishni uddasidan chiqa olmaganda, o‘t pufagi, oshqozon osti bezi va oshqozon zo‘riqib ishlay boshlaydi hamda hazm uchun fermentlarni jadal ravishda ajratadi. Bu esa o‘z navbatida yallig‘lanishga olib keladi.

Omeprazol

Oshqozon-ichak trakti surunkali kasalliklaridan aziyat chekadigan bemorlar tarkibida omeprazol bo‘lgan dori vositalarini doimiy ravishda qabul qilish kerak deb hisoblaydi. Ammo dori vositalarini nazoratsiz qabul qilinishi surunkali gastritga olib kelishi mumkin. Ammo bu gastritga xos kislota oshishiga emas, aksincha, oshqozonda kislota kamayishi va atrofik o‘zgarishlar tufayli yallig‘lanish kuzatiladi. Atrofik o‘zgarishlar esa tiklanish uchun uzoq vaqt va davolashni talab qiladi. Atrofiya hayotiy faoliyatda ishtirok etmaydigan, o‘zi bor, ammo ishlamaydigan hujayralar sanaladi.

Fastfud

Tayyorlanishida katta miqdorda tuz ishlatiladigan fastfudlar oshqozonga og‘irlik qiladi. Tarkibida uglevod bisyor bo‘lgan mazkur yeguliklarni tayyorlash jarayonida haddan ortiq ravishda yog‘ qo‘shiladi. Kartoshka, naggets va shu kabi boshqa mahsulotlar qovuriladigan yog‘sa esa salomatlik uchun zararli hisoblangan kanserogenlar serob bo‘ladi.

Spirtli ichimliklar

Etil spirti oshqozonga tushganda oshqozon shirasi sekretsiyasini jadallashtiradi. Sog‘lom kishilar bilan hammasi joyida ekaniga qaramay, oshqozon-ichak tizimi kasal bemorlar uchun zararli hisoblanadi. Ortiqcha kislota oshqozon devorlarini zo‘riqtiradi. Shu sabab ham salomatligi haqida qayg‘uradigan va uzoq umr kechirishni istaydiganlarga spirtli ichimliklardan voz kechish tavsiya qilinadi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Gastrit, mahsulot | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя