Главная » 2017 » Апрель » 6 » Germaniyalik 16 yoshli qiz 3 yildan beri tirnog‘ini olmaydi
18:57

Germaniyalik 16 yoshli qiz 3 yildan beri tirnog‘ini olmaydi


Germaniyaning Nyurnberg shahrida yashovchi 16 yoshli qiz Simona Teylor 2014 yildan beri manikyur qaychilari va tirnoq olish uchun ishlatiladigan boshqa asboblardan qo‘rqadi. O‘shandan beri bu qiz tirnog‘ini olmaydi. Hozirda uning tirnoqlari 10 santimetr uzunlikka yetgan. Maktab o‘quvchisi uzun tirnoqlari unga bir qancha noqulayliklar tug‘dirishini aytadi. Biroq tirnoqlarini olishga ham qo‘rqadi.

$IMAGE$

Teylor uzun tirnoqlarga mehr qo‘yishiga YouTube`dagi bir rolik ham sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Mazkur rolikda uzun tirnoqlarni qanday parvarish qilish borasida tavsiyalar berilgan edi. Simona kundalik yumushlarini bajarishda uzun tirnoqlari qo‘l kelishi, darsda nazorat ishi yozayotganda esa ruchka tutib yozish, qizga qattiq azob berishini ma’lum qiladi.

Teylorning aytishicha, u bir marta devordan oshib o‘tayotganda tirnog‘ini sindirib qo‘ygan. Uning o‘qituvchilari har doim tirnog‘ini olishini aytadi. Biroq, Simona o‘z fikridan qaytmayapti.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: 16 yoshli qiz, tirnog‘ini olmaydi, 3 yildan beri, Germaniyalik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя