Главная » 2017 » Январь » 17 » Hayotingizni yaxshilashning 4 kaliti
16:16

Hayotingizni yaxshilashning 4 kaliti


Maqsad

Maqsadingizga erishmoqchi bo‘lsangiz, avvalo niyatni yaxshi qiling, ko‘nglingizni ortiqcha narsalardan tozalang. Hasad, araz, gina-kudurat kishining ko‘p vaqtini oladi, asablarini yemiradi, maqsaddan chalg‘itadi. Kimdandir xafa bo‘lib, undan qay yo‘l bilan alamingizni olishni o‘ylab, «qo‘limga tushsa, boplayman!» deya rejalar tuzishga, janjal ssenariylarini yozishga qancha vaqtingiz ketishi mumkinligi hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Vaqt topib, bir o‘ylab ko‘ring. Shunda behudaga sarflagan vaqtingizga achinib ketasiz. «Undan ko‘ra, chevar qo‘shnimdan tikishni, pazanda ovsinimdan yoki qo‘llanmalardan pishiriqlar sirini o‘rgansam yo badiiy kitob o‘qisam bo‘lmasmidi», deysiz. Bu bilan, birinchidan, dunyoqarashingiz ortadi, ikkinchidan, yana bir soha sirlarini o‘rganasiz. Balki keyinchalik bu bilimlaringiz oilaviy byudjetingizga ham naf keltirar. Agar moliyaviy foyda keltirmasa ham, bolalaringiz va turmush o‘rtog‘ingiz pazandaligingizu chevarligingizga tahsin o‘qishsa, quvonishsa, ayol uchun bundan ortiq baxt bormi?!

Do‘stlik

Do‘st orttirmoqchi bo‘lsangiz atrofingizdagilarning quvonchidan quvonishni o‘rganing. Birov ranjiganda kuladigan, kulganda ranjiydigan odatingiz bo‘lsa, darrov voz keching.

Baxt

«Muhabbat bilan turmush qurdim, bir umr baxtli yashayman», deb xomxayol bo‘lmang. Baxtli bo‘lish uchun bir umr munosabatlar ustida ishlashingiz lozim. Oila oldidagi burchingizni bir muddat nazoratdan qochirsangiz, izdan chiqishi hech gapmas. Turmush o‘rtog‘ingiz va farzandlaringiz qiziqadigan narsalarga siz ham qiziqing, bu oilani birlashtirishga yordam beradi. Turmush o‘rtog‘ingizning ishi teskari ketganda kamsitadigan odatingiz bo‘lsa, omadi chopganda undan muruvvat kutmang.

Farzandlar

Agar kelajakda foyda ko‘rish uchun nimagadir pul tikmoqchi bo‘lsangiz, mablag‘ingizni farzandlaringiz ilm olishi uchun sarflang. Bolalaringiz undan foydalanayotganini ko‘rib, ko‘nglingiz xotirjam bo‘ladi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: i yaxshilash, 4 kaliti, Hayot | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя