Главная » 2017 » Август » 25 » Hojiboy Tojiboyev hayot bo‘lganida bugun 62 yoshni qarshi olgan bo‘lar edi...
14:07

Hojiboy Tojiboyev hayot bo‘lganida bugun 62 yoshni qarshi olgan bo‘lar edi...


Maishiy mavzudagi hazillari bilan el og‘ziga tushgan so‘z ustasi, marhum Hojiboy Tojiboyevning hayotlik davrida o‘tkazgan konsert dasturlaridagi hangomalar hamon xalqimizga yaxshi kayfiyat baxsh etib kelmoqda.

Turmush tarzida uchrab turadigan turli holatlarni, jamiyatda uchrab turadigan muammolarni tomoshabinlarga kulgi vositasida yetkazib bergan mohir qiziqchi – O‘zbekiston va Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hojiboy Tojiboyev tirik bo‘lganida bugun 62 yoshni qarshi olgan bo‘lar edi.

Aslida ismi sharifi Hojimurod Tojiboyev bo‘lgan ijodkor 1955 yil 25 avgustda Tojikiston Respublikasida tug‘ilgan. Yoshlik yillarida Toshkentga kelib, 1978 yilda Toshkent teatr va rassomchilik institutini tamomlagan. Shundan so‘ng ma’lum muddat Tojikistondagi teatrlarda ishlagan. Keyinchalik O‘zbekistonga kelib, Andijon davlat filarmoniyasida faoliyat yuritgan.

O‘zbekistondagi faoliyati davomida Hojiboy Tojiboyev xonanda Sherali Jo‘raev bilan Markaziy Osiyo davlatlari hamda O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab gastrol safarlarida ishtirok etgan.

Hojiboy Tojiboyev 2000 yillar boshlaridan Toshkentdagi hozirgi “Istiqlol” san’at saroyida bir necha kunlik konsert dasturlarini taqdim etishni boshlagan. Shu o‘rinda Hojiboy Tojiboyev ishtirokidagi barcha ijodiy kechalar anshlag tarzda o‘tkazilganligini ta’kidlash zarur.

O‘zining ijodiy faoliyati davomida minglab odamlarga tabassum hadya etgan Hojiboy Tojiboyev 53 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. 2008 yil 24 iyul kuni so‘z ustasi og‘ir hastalik sabab Toshkentdagi shifoxonalardan birida jon berdi. 25 iyul kuni o‘z ona vatani – Tojikistonda dafn etildi.

Hojiboy Tojiboyev muxlislari qalbida mangu yashashiga ishonamiz.

Durdona Rasulova

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bo‘lganida, Tojiboyev, 62 yoshni qarshi olgan bo‘lar edi.., Bugun, Hayot, Hojiboy | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя