Главная » 2020 » Апрель » 19 » Ilk bor! Toshkent tibbiyot akademiyasida 11 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi
17:31

Ilk bor! Toshkent tibbiyot akademiyasida 11 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi


Yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar davolanayotgan shifoxonalarda tibbiyot xodimlari tomonidan xalqaro stantdartlar asosida muolajalar olib borilmoqda. Bunda, malakali shifokorlar, shuningdek,  pulmonolog, kardiolog, terapevt, endokrinolog kabi yetuk mutaxassislar bilan telemuloqot o‘rnatilgani ham davolash jarayonida o‘z samarasini berayapti.

Ayni sinovli damlarda haqiqiy vatanparvarlik namunasini ko‘rsatib, faoliyat yuritayotgan minglab shifokorlarimiz sa’y-harakatlarining mevasi esa sog‘aygan bemorlar quvonchida aks etmoqda.

Jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan ilk bor koronavirus infeksiyasiga chalingan 11 bemor butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning barchasi charter reys orqali Turkiyadan Toshkent kelishgan bo‘lib, 7 nafari “Botanika” sanatoriysiga, qolgan 4 nafari esa O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgandi. Ularda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga joylashtirilgan. Bemorlardan 7 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ulardan 4 nafari poytaxtimizdan, yana 4 nafari Toshkent viloyatidan, 2 nafari Farg'ona va 1 nafari Andijon viloyatlaridan. Ular orasida eng yoshi kattasi 51 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 23 yoshda.

Hozirga qadar yurtimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 225 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tibbiyot akademiyasida, Bemor, ilk bor, koronavirusdan tuzaldi, toshkent | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя