Главная » 2020 » Май » 2 » Toshkentda yana 8 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi
16:56

Toshkentda yana 8 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi


Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 8 nafar bemor butunlay  sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Tuzalganlarning 2 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, 7 nafari Toshkent shahridan, 1 nafari Toshkent viloyatidan. Ular koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlar orasida eng yoshi kattasi 60 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 12 yoshda.

Ta’kidlash joizki, Toshkent shahrida shu paytga qadar 393 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 401 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1263 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: koronavirusdan tuzaldi, Toshkentda, Bemor | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя