Главная » 2020 » Апрель » 21 » Toshkentda yana 10 nafar bemor to‘liq tuzaldi
19:01

Toshkentda yana 10 nafar bemor to‘liq tuzaldi


Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan ham koronavirus infeksiyasiga chalingan navbatdagi 10 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning 3 nafari Moskva – Toshkent, 1 nafari Istambul – Toshkent yo‘nalishida charter reysda kelishgan va karantinga olingan. Qolgan 6 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlardan 5 nafari erkak, 5 nafari ayollardir. Ulardan 9 nafari poytaxtimizdan, 1 nafari Xorazm viloyatidan. Ular orasida eng yoshi kattasi 62 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 11 yoshda.Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida shu paytga qadar 32 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 42  nafarga yetdi.
 
Ahamiyatli tomoni, nafaqat koronavirus infeksiyasiga chalinganlar, balki butun aholining umid ko‘zlari shifokorlarda. Shunday jiddiy mas’uliyatni zimmasiga olgan tibbiyot xodimlari esa jasorat va shiddat bilan qahramonlarcha koronavirus balosiga qarshi kurashishga kirishib, samarali natijalarga erishmoqdalar.

Hozircha bugungi kun davomida  mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 344 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: to‘liq tuzaldi, Bemor, Toshkentda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя