Главная » 2020 » Апрель » 23 » Buxoroda bir kunda 30 dan ortiq bemor koronavirusdan to‘liq tuzaldi
17:50

Buxoroda bir kunda 30 dan ortiq bemor koronavirusdan to‘liq tuzaldi


Bugun, 23 aprel kuni Buxoro viloyatidan bir yo‘la 31 nafar bemorto‘liq sog‘ayib chiqdi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Shifo topganlarning 26 nafari Rossiyadan, 4 esa Turkiyadan  charter reyslar orqali Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. 1 nafar bemor koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan.  Ulardan 27 nafari erkak, 4 nafari ayol. Bemorlarning 6 nafari Toshkent shahridan, 5 nafari Samarqand viloyatidan, 4 nafardan Andijon, Toshkent va Buxoro viloyatlaridan, 2 nafardan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan, 1 nafardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Jizzax, Farg‘ona viloyatlaridan. Ular orasida eng yoshi kattasi 69 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 16 yoshda.

Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 83 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 114  nafarga yetdi.

Shuningdek, Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan 1 nafar bemor butkul sog‘aydi. 

Sog‘aygan bemor (erkak) 35 yoshda bo‘lib, Jizzax shahridan. U koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. So‘nggi tekshiruvlar unda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 486 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha virus yuqtirganlar 1716 nafarni tashkil qilyapti. Bugungacha bemorlarning 7 nafari vafot etgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: koronavirusdan, to‘liq tuzaldi, Bemor, Buxoroda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя