Главная » 2020 » Апрель » 20 » Buxoroda 11 nafar bemor koronavirusdan butunlay sog‘aydi
15:05

Buxoroda 11 nafar bemor koronavirusdan butunlay sog‘aydi


Ma’lumki, davlatimiz rahbari tibbiyot xodimlari oldiga koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning hayotini saqlab qolishni asosiy vazifalardan biri sifatida qo‘ygan edilar. Ushbu da’vatdan ruhlanib, bor tajriba va mahoratlarini ishga solishgan shifokorlarimiz fidoyiligi bemorlarimizning ketma-ket sog‘ayishlarini ta’minlayapti.

Matonat bilan koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlarining navbatdagi g‘alabasi: Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazidan yana 11 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitasiyaga kuzatildi.

Shifo topganlarning barchasi joriy yil 25 mart kuni charter reys bilan Rossiyadan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga joylashtirilgan. Ulardan 10 nafari erkak, 1 nafari ayol. Bemorlarning 4 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 2 nafari Farg'ona viloyatidan, Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahridan esa 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 54 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.

Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 57 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 68  nafarga yetdi.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 238 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Buxoroda, koronavirusdan, butunlay sog‘aydi, Bemor | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя