Главная » 2020 » Май » 11 » Buxoroda yana tuzalganlar bor. Viloyat koronavirusdan toza hudud bo‘lishiga oz qoldi
13:27

Buxoroda yana tuzalganlar bor. Viloyat koronavirusdan toza hudud bo‘lishiga oz qoldi


Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan navbatdagi 23 nafar bemor to‘liq sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuztildi.

Shifo topganlarning 15 nafari Rossiyadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Qolgan 8 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan.

Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Buxoro viloyatidan 9 nafar, Qashqadaryo viloyati va Toshkent shahridan 3 nafardan, Samarqand va Andijon viloyatlaridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridan 1 nafardan. Ularning 13 nafari erkak, 10 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 50 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yosh.

Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 404 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 427 nafarga yetib, davolanayotgan bemorlar 13 nafarni tashkil etmoqda. Ushbu viloyat koronavirusdan holi hudud maqomini olishga juda yaqin turibdi.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 1920 nafarga yetdi.

Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: toza hudud, koronavirusdan, Buxoroda, viloyat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя