Главная » 2021 » Апрель » 29 » Japarov qirg‘iz-tojik mojarosi yuzasidan bayonot berdi
19:38

Japarov qirg‘iz-tojik mojarosi yuzasidan bayonot berdi


Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Tojikiston bilan chegaradagi vaziyat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Japarov Qirg‘izistonning barcha aholisini, birinchi navbatda siyosiy kuchlar va ommaviy axborot vositalarini tinch bo‘lishga, provokasiyalarga berilmaslikka, dushmanlik va ixtilofni qo‘zg‘atmaslikka chaqirdi.

“Biz har doim tojik birodarlarimiz bilan til topishamiz va barcha masalalarni faqat qadimiy zaminimizdagi yaxshi qo‘shnichilik manfaatlari va roziligini hisobga olgan holda hal qilamiz”,- dedi Qirg‘iziston Prezidenti.

Qirg‘iziston rahbari ta’kidlashicha, xavf mojaroni ichkaridan tutashtirmoqchi bo‘lgan shaxslar tomonidan yuzaga kelgan. Japarov barcha siyosiy kuchlarni tiyilishga chaqirdi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: mojarosi, qirg‘iz, bayonot, tojik, Japarov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя