Главная » 2017 » Июнь » 9 » Jasurbek Ibrohimov ishtirokidagi videolar tarqaldi
15:17

Jasurbek Ibrohimov ishtirokidagi videolar tarqaldi


Joriy yilning 3 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali Toshkent shahrida joylashgan P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchisi Jasurbek Ibrohimovning vafoti haqidagi xabarlar bir zumda tarqalib ketgan edi.

Keyinroq Jasurbekning xotirasi uchun bir hofiz qo‘shiq kuylab chiqdi. Endi esa ijtimoiy tarmoqlardagi marhumning xotirasi uchun ochilgan sahifalarda Jasurbek Ibrohimovning vafotidan oldingi videolari ommalashmoqda.

“Bir necha kun oldin Jasurning yaqin o‘rtog‘i o‘zining do‘sti haqida video jo‘natgan edi. Bu yerga yuklashga botinolmagandim. Ammo kecha Jasur xotirasiga bag‘ishlab yozilgan qo‘shiq yuborishdi. Yuklashga qaror qildim. Bu video hamma uchun eslatma bo‘lsin: biz bir-birimizga ko‘proq yaxshilik qilishimiz, o‘zimizda va kelajak avlodda odamiylik hissini ulg‘aytirishimiz darkor”, deyiladi videopostda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: videolar tarqaldi, Jasurbek Ibrohimov, ishtirokida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя