Главная » 2020 » Май » 2 » Kim Chen In tirik. U 20 kun deganda ommaga ko‘rinish berdi
10:38

Kim Chen In tirik. U 20 kun deganda ommaga ko‘rinish berdi


Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Davlat kengashi raisi Kim Chen In 20 kundan so‘ng ilk bor ommaga ko‘rinish berdi. Bu haqda Janubiy Koreya axborot agentligi “Ryonxap” xabar tarqatdi.

"Reuters" agentligi esa KCNA (Koreya markaziy telegraf agentligi)ga tayanib uning ommaga ko‘rinish berganini, ammo bu xabarni o‘z manbalari asosida tekshirib ko‘rish imkoni yo‘qligini bildirdi. Kim Chen In o‘g‘it ishlab chiqarishuvchi zavodning ochilishiga tashrif buyurgan. Ammo hozircha zavod ochilishidan foto yoki video e’lon qilinmadi.

KXDR yetakchisi 11 aprel – Koreya Mehnat partiyasi Markaziy Qo‘mitasining Siyosiy byurosining ichki siyosat masalalari bo‘yicha yig‘ilishini o‘tkazgandan beri jamoatchilik oldida ko‘rinmayotgandi. Xususan, Kim Chen In 12 aprel kuni Oliy Milliy Majlisning yillik sessiyasida ishtirok etmadi va uning hukmronlik qilganidan beri birinchi marta 15 aprel kuni Kim Ir Senning 108 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan Kumsusan Quyosh Saroyidagi marosimda qatnashmadi.
 

Asosiy davlat bayramida mamlakat rahbarining yo‘qligi Kim Chen Inning kasalligi haqida mishmishlarga sabab bo‘ldi. Keyinroq, CNN telekanali Amerika ma’muriyatidagi manbaga tayanib, Vashingtonda KXDR yetakchisi Kim Chen Inning jarrohlik operatsiyasidan so‘ng, sog‘lig‘i yomonlashgani haqida ma’lumot o‘rganilayotganini aytdi.

25 aprel kuni Gonkongda joylashgan HKSTV sun’iy yo‘ldosh radioeshittirish kompaniyasi vitse-prezidenti Kim Chen Inning vafoti haqida xabar qilgan edi. KXDR davlat radiosi esa mamlakat fuqarolariga Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning o‘limi haqidagi mish-mishlarga qaramay uning faoliyatini davom ettirayotganini ma’lum qildi.

Janubiy Koreya Prezidenti Mun Chje Inning tashqi siyosat bo‘yicha katta maslahatchisi Moon Chong In CNN’ga Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning o‘lgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi gaplarga izoh berib, Shimol yetakchisi tirik va sog‘ligini ma'lum qildi.

Shimoliy Koreya muammolarini o‘rganib boruvchi AQSHning “38 North” sayti sun’iy yo‘ldosh fotosuratlariga tayanib, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning poyezdi 21-23 aprel kunlari mamlakatning Vonsan shahri hududida paydo bo‘lgani haqidagi ma’lumotni ilgari surgandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ommaga, tirik, Kim Chen In, ko‘rinish berdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя