Главная » 2020 » Апрель » 26 » Kim Chen Inning o‘limida mahalliy shifokor ayblanmoqda — OAV
11:22

Kim Chen Inning o‘limida mahalliy shifokor ayblanmoqda — OAV


Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inda yurak jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan shifokor ushbu manipulyasiyani o‘z vaqtida bajara olmadi. Bu haqda Yaponiyaning Shukan Genday jurnaliga Xitoyning tibbiy doiralaridagi manba xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, KXDR rahbari mamlakat bo‘ylab navbatdagi safar chog‘ida o‘zini yomon his qilgan va eng yaqin kasalxonaga yotqizilgan. Shu bilan birga, Pekindan malakali shifokorlar guruhini yuborish so‘ralgan.

Kim Chen Inning ahvoli shu qadar tahlikali ediki, yurak tomirlari ustidan stentlash operasiyasi mahalliy shifokorga ishonib topshirildi. Ushbu operasiya murakkab emasligi va taxminan bir daqiqada bajarilishi aniqlangan.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, jarroh shunchalik xavotirga tushganki, qo‘llari tom ma’noda titragan. Bundan tashqari, u semirib ketgan bemorlarda bunday operasiyalar o‘tkazish tajribasiga ega emas edi. Natijada u sakkiz daqiqa davom etdi, shu vaqt ichida Shimoliy Koreya rahbari "vegetativ holatga o‘tdi".

25 aprel kuni kechqurun esa Weibo ijtimoiy tarmog‘ida Gonkong HKSTV telekanali direktorining o‘rinbosari Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning o‘limi haqidagi xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u ma’lumotni "juda obro‘li manbadan" olgan.

Ma’lumot uchun, Shimoliy Koreya rahbarining o‘limi hali rasman tasdiqlanmadi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: o‘limida, OAV, ayblanmoqda, mahalliy shifokor, Kim Chen Inning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя