Главная » 2020 » Апрель » 20 » Koronavirusning birinchi muhim mutasiyasi aniqlandi
22:01

Koronavirusning birinchi muhim mutasiyasi aniqlandi


Tayvanlik va avstraliyalik olimlar yangi “SARS-CoV-2” koronavirusining birinchi muhim mutasiyasini e’lon qilishdi. Tadqiqot natijalari “bioRxiv” saytida chop etilgan.

Mutaxassislar dunyo bo‘ylab yuqumli kasalliklar haqida genom ma’lumotlarini to‘playdigan bazadan COVID-19 qo‘zg‘atuvchisining 106 ta namunasining genetik tuzilishini o‘rganishdi. Ma’lumotlar AQShdan 54 ta, Xitoydan 35 ta, Ispaniyadan uchta, Braziliyadan ikkita va Avstraliya, Finlyandiya, Hindiston, Italiya, Nepal, Janubiy Koreya va Shvesiyadan olingan yozuvlarni o‘z ichiga olgan.

Mutasiya Hindistonda 27 yanvar kuni bemordan olingan namunada aniqlangan. Bu patogenning ACE2 deb nomlangan inson hujayralarida reseptorlarga bog‘lanish qobiliyatini kamaytirdi, ya’ni odamlar uchun kamroq xavflidir.

Shuningdek, olimlar 2002-2003 yillarda SARS deb nomlanuvchi og‘ir, o‘tkir respirator sindromning qo‘zg‘alishiga sabab bo‘lgan SARS koronavirus genomining 39 ta ketma-ketligi bilan yangi koronavirus haqidagi ma’lumotni taqqoslashdi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, SARS-CoV-2 virusi genomlari SARS virusiga qaraganda ancha barqaror va mutasiyalarga kamroq sezgir.

Mualliflarning so‘zlariga ko‘ra, bu bizga COVID-19 vaksinasi samarali bo‘lishiga umid beradi, garchi agar yangi koronavirusning mutasiyalari davom etsa, bu vaksina bo‘yicha ishlarni sezilarli darajada murakkablashtirishi mumkin.

"Nisbatan barqaror SARS-CoV-2 genomi epidemiyaga qarshi kurashish uchun yaxshi ko‘rsatkichdir, chunki oz sonli mutasiyalar vaksinalar va viruslarga qarshi dorilarning jadal rivojlanishiga umid beradi", deb yozadi olimlar.

Ta’kidlanishicha, aniqlangan mutasiyaning xavfi kamroq. Bu esa virusning oqsilini kodlaydigan va uni sog‘lom hujayralarga biriktirishga imkon beradigan genlar bir xil bo‘lib qoladi. Aynan, bu oqsillar ko‘plab emlashlar uchun potensial maqsaddir.

Koronavirus SARS-CoV-2 RNK viruslari deb ataladigan guruhga kiradi, ular tarqalish davrida yuqori mutasion ko‘rsatkichlar bilan ajralib turadi. Olimlarning fikricha, bu vaksinani ishlab chiqishda qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. Misol sifatida ular deyarli har yili yangi mutasiya ko‘rinishida paydo bo‘ladigan mavsumiy grippni keltiradi, ya’ni bunga qarshi o‘tgan yili qilingan vaksinalar ishlamaydi.

"Virus dunyo bo‘ylab tez tarqalishda davom etmoqda va tobora ko‘proq genom ma’lumotlari to‘planib borar ekan, SARS-CoV-2 evolyusiyasi va mutasiyasini diqqat bilan kuzatib borish kerak", deb yozadi mualliflar.

"Biz SARS-CoV-2 ning mutasion darajasi past ekanligini tasdiqladik, ammo immunitet va viruslarga qarshi turli yangi mutasiya allaqachon paydo bo‘lganligini ham isbotladik."

Ammo natijalar juda tasalli beradigan bo‘lmasa-da, olimlar bunga ishonishadi.

Nima ham derdik, yangi koronavirusning genomi juda barqaror ko‘rinadi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: birinchi, koronavirusning, mutasiyasi aniqlandi, muhim | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя