Главная » 2017 » Январь » 26 » Lola ayollardagi qaysi xislatlar erkaklar e’tiborini jalb qilishi haqida gapirdi
08:33

Lola ayollardagi qaysi xislatlar erkaklar e’tiborini jalb qilishi haqida gapirdi


Xonanda Lola o‘zini ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borayotgan muxlislariga murojaat qilib, erkak va ayol o‘rtasidagi munosabatlar haqida so‘z yuritdi.

“Qizlar, erkak va ayol o‘rtasidagi munosabatlar haqida biroz so‘z yuritsak.

Tashqi ko‘rinish, aql, yosh, ijtimoiy holat, ijobiy fazilatlar—bularning barchasi ikkinchi darajali.

Ongli ravishda va hatto instinkt darajasida erkakni ayoldagi ichki holat o‘ziga jalb qiladi. Qanday?(shu yerda erkaklar ko‘zingizni yumib turing)-bu sizning o‘z-o‘zingizdan va hayotingizdan lazzatlanishingizdir. Bu xudbin, beparvo va o‘z-o‘ziga bino qo‘yish degani emas. Agar siz o‘z hayotingizdan zavq olishni o‘rgangan bo‘lsangiz, ishlayapsizmi, dam olyapsizmi, qahva ichyapsizmi yoki mashina boshqaryapsizmi, bu muhim emas, siz albatta yoningizdagilarning e’tiborini jalb qilasiz, ularda o‘zingizga nisbatan qiziqish uyg‘otasiz.

O‘z-o‘zidan zavq olish, bu murakkab san’at, biroq uni o‘zlashtirgan ayol kuchli magnitga aylanadi. Haqiqiy ayol erkakka go‘zalligi, aqli, tanasini emas, balki uning sevimli ayoli yonidagi holatini hadya etadi. Va diqqat! Erkakka muhabbat, ayolning o‘z-o‘ziga muhabbatidan boshlanadi. Aziz ayollar, siz o‘zingizni sevishni boshlamaguningizga qadar har bir erkak siz uchun shunchaki yolg‘iz qolishdan qo‘rquvingizni yengishga yordam beradigan psixoterapevt vazifasini bajaradi. Va yana bir fikr. Hech qachon erkaklarni ‘Ular hammasi bir xil’ qabilida umumlashtirmang. Hamma erkaklar har xil. Har bir ayol o‘z olamini yaratadi va uning atrofida, ayol o‘z hayotiga qiziqish uyg‘ota olgan erkaklar bo‘ladi”—deb yozadi Lola.

Ma’lumot uchun, avvalroq Lola bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan ikki yil avval tanishganini ma’lum qilgan edi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: erkaklar, haqida gapirdi, Lola, erkaklar e’tiborini jalb qilish, qaysi xislatlar, ayollar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя