Главная » 2021 » Сентябрь » 18 » “Malika” savdo majmuasida maxsus kuchlar yurgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent IIBB profilaktik tadbir o‘tkazilayotganini ma’lum qildi
14:56

“Malika” savdo majmuasida maxsus kuchlar yurgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent IIBB profilaktik tadbir o‘tkazilayotganini ma’lum qildi


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi “Malika” savdo majmuasida niqoblangan maxsus kuchlar yurgani aks etgan videolar tarqaldi.

Videoda maxsus kuchlar otryadlari savdo majmuasi va undagi do‘konlarda yurganini ko‘rish mumkin.

Toshkent shahar IIBB xabar qilishicha, Shayxontohur tumanida Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi ijrosi doirasida hamda jamoat tartibini ta’minlash, jinoyatlarning oldini olish, giyohvandlik vositalarining tarqalishiga barham berish maqsadida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Bundan avval “Malika” savdo majmuasi oldida sotuvchilar o‘rtasida pichoqbozlik yuz berib, 44 yoshli kishi o‘ldirilgani haqida xabar berilgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: profilaktik, Malika, IIBB, maxsus kuchlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя