Главная » 2016 » Декабрь » 13 » Nilufar Usmonova homilasi nobud bo‘lishi bilan bog‘liq voqeani aytib berdi
17:49

Nilufar Usmonova homilasi nobud bo‘lishi bilan bog‘liq voqeani aytib berdi


“Qalampir” loyihasi qoshida “Qalampirmunchoq” ko‘rsatuvi tayyorlanishidan xabaringiz bor. Ko‘rsatuvning avvalgi sonlarida xonanda Manzura Yo‘ldosheva va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muqaddas Xoliqova mehmon bo‘lishgan edi. Dasturning galdagi sonida xonanda Nilufar Usmonova ishtirok etdi.
 
3 yildan buyon TV va radiolardan yiroq bo‘lgan xonanda bilan suhbat qizg‘in ruhda kechdi. Nilufar Usmonova bugungi shou-biznes, yaratilayotgan qo‘shiqlar va xonandalarning madaniyati haqida ochiq gapirdi. Ayni damda to‘rtinchi farzandini kutayotgan Usmonova  onasining 2015 yilning dekabr oyida Toshkentda o‘tkazilgan albom taqdimotini eslab, shu kuni juda tushkun kayifiyatda bo‘lgani, o‘sha kun hayotida og‘riqli iz qoldirganini aytdi.
 
“O‘shanda onam bilan navbatdagi duetni kuylash baxtiga muyassar bo‘lgan edim. Lekin bu quvonch tatimagan. Chunki bir kun avval homilam nobud bo‘lgan edi. Shu sababli o‘sha kunni hayotimdagi qora sahifa, deb bilaman.
 
San’atkorlarga mana shunday paytlarda juda qiyin. Bir tomonda oila, ikkinchi tomonda ish. Homilamni yo‘qotib, o‘z dardim o‘zimga yetib turgan paytda sahnaga chiqib qo‘shiq kuylashga bazo‘r kuch topganman. Chunki Yulduz Usmonova menga ishonch bildirgan, men esa shaxsiy muammolarimni deb u kishini chorasiz qoldirmasligim kerak edi. Bor kuchimni to‘plab, sahnada tabassum bilan qo‘shiq aytgan bo‘lsam-da, ichimdan nimalar o‘tgani faqat o‘zimga ayon”, deydi Nilufar Usmonova.
 
Xonanda onasi bilan munosabatlari haqida gapirar ekan, Yulduz Usmonova oilasi yoki farzandini emas, aksincha, san’atini tanlagani, u uchun san’at birinchi o‘rinda turishini aytdi. “Men uchun esa birinchi o‘rinda oilam turadi. Oilam uchun san’atimni chetga suraman”, deydi Usmonova.
 
Nilufar Usmonova bilan suhbatni tez orada “Qalampirmunchoq” ko‘rsatuvida tomosha qilishingiz mumkin.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Nilufar Usmonova | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя