Главная » 2017 » Июнь » 30 » Nilufar Usmonovaga qo‘yilgan taqiq olib tashlandi
22:06

Nilufar Usmonovaga qo‘yilgan taqiq olib tashlandi


2013 yildan buyon xonanda Nilufar Usmonovaga TV va radioefirlarida norasmiy taqiq qo‘yilgan edi. Usmonovaning qo‘shiqlari ham onasiniki singari efirlardan olib tashlanib, uning kliplari namoyishi TV efirlarida ham to‘xtatilganiga 4 yil to‘ldi. Bu orada xonanda ikki farzandli bo‘ldi.

Saytimizning ishonchli manbalarining xabar qilishicha, 13 iyun kuni xonanda Nilufar Usmonova (Nilufar Hakimova)ga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida va uning tashqarisida konsert-tomosha bo‘yicha faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi AA0045 raqamli lisenziya berilgan.

O‘tgan yilning dekabr oyida Nilufar Usmonovaning onasi O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaga ham radio va TV efirlaridagi 10 yillik taqiq olib tashlanib, xonandaga yo‘l ochilgan edi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: taqiq, qo‘yilgan, olib tashlandi, Nilufar Usmonova | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя