Главная » 2016 » Декабрь » 1 » Nilufar Usmonova yana ikkinchi xotin bo‘lgan ayollar nomidan qo‘shiq kuyladi
20:22

Nilufar Usmonova yana ikkinchi xotin bo‘lgan ayollar nomidan qo‘shiq kuyladi


Avvalroq, xonanda Nilufar Usmonova “Kelaqol, jonim” nomli qo‘shig‘i va klipini omma e’tiboriga havola etgan edi. Anchadan buyon radio va TVlardan uzilib qolgan Usmonovaning mazkur qo‘shig‘i va klipi internet tarmog‘ida ancha ommalashdi. Unda xonanda ikkinchi xotin bo‘lgan ayollar dardini kuylagan edi. Aktyorlar Bobur Yo‘ldoshev va Yulduz Rajabova rol ijro etgan klipda ham aynan shu tasvirlangan.
 
Nilufar Usmonova 29 noyabr kuni navbatdagi qo‘shig‘i va unga ishlangan videoklipni omma e’tiboriga havola etdi. “Kel ikkimiz” nomli qo‘shiq romantik ruhiyatda kuylangan bo‘lib, xonanda navbatdagi qo‘shig‘ida ham ikkinchi xotin bo‘lgan ayollar dardini aks ettirishga harakat qilgan. Aslida buni dard deyish noo‘rindir. Boisi, ikkinchi xotin bo‘lib yashayotgan ayollar o‘z-o‘zidan noqonuniy turmush quradilar, birovning oilasiga begona bo‘ladilar.
 
Saytimiz tomonidan tayyorlanadigan “Qalampirmunchoq” ko‘rsatuviga tashrif buyurgan Nilufar Usmonova “Kelaqol, jonim” nomli qo‘shig‘iva unga ishlangan klipda ikkinchi xotin bo‘lgan ayollar dardi aks ettirish g‘oyasi klipmeykerlardan chiqqani, buni shaxsiy hayotiga aloqasi yo‘qligini aytgan edi. Qiziq, xonanda navbatdagi qo‘shig‘i va unga ishlangan klipni qanday izohlarkin?
 
Qo‘shiq so‘zlari va klipdagi tasvirlarga e’tibor qaratsak, Usmonova bu gal nishonni aniqroq olganini, aytmoqchi bo‘lganlarini ochiqchasiga ifodalaganini, yigitni o‘z oilasidan kechishga undayotganini payqash qiyin emas. Bu qanchalik to‘g‘ri? Klipni ko‘rib, siz ham o‘z fikringizni bildiring.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Nilufar Usmonova | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя