Главная » 2021 » Апрель » 28 » Nukusda 21 yoshli qiz o‘z joniga qasd qilishining sababi ma’lum bo‘ldi
10:11

Nukusda 21 yoshli qiz o‘z joniga qasd qilishining sababi ma’lum bo‘ldi


Avvalroq, 26 aprel kuni Nukusda o‘zini kanalga tashlagan qizning hayoti saqlab qolingani haqida xabar bergan edik. Mazkur holat O‘zbekiston Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, joriy yilning 26 aprel kuni soat 08:30 lar chamasida Nukus shahar “Jiydeli baysin” MFYda yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro N.D. o‘z joniga qasd qilish maqsadida Nukus shahridagi “Do‘stlik” kanaliga o‘zini tashlagan. Shu joyda xizmat vazifasini bajarayotgan Milliy gvardiya xodimi qizni qutqarib qolgan.

N.D.ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda fuqaro N.D. o‘z uyida va sog‘ligi bo‘yicha hech qanday shikoyati yuq. O‘z joniga qasd qilish sabablari o‘rganilib chiqilganda, qiz hech qanday tazyiq ostida bo‘lmagani, oilasida ham hech qanday janjal yo‘qligi va o‘zining tanish o‘rtog‘i bilan gap tortishib qolganini aytib o‘tgan.

Qayd etilishicha, fuqaro N.D. Nukus shaxrida oilasi bilan birgalikda yashaydi. 2017 yilda N.D. Nukus shahar IIB tomonidan profilaktik hisobga olingan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘z joniga, Qiz, Nukusda, qasd | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя