Главная » 2020 » Апрель » 14 » O‘zbekistonda avtotransport yonilg‘isi narxi yana arzonlashtirildi
19:41

O‘zbekistonda avtotransport yonilg‘isi narxi yana arzonlashtirildi


Bugun, 14 aprel kunidan e’tiboran dizel yonilg‘isi bir litrining birjalardagi bahosini,  5600 so‘m sifatida belgilandi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Bundan tashqari fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining agrotexnik ishlarini amalga oshirishlari uchun, “O‘zbekneftgaz” AJ o‘z mablag‘lari hisobidan dizel yonilg‘isi zaxirasini ham yaratgani ta’kidlangan.
 

Kompaniya bergan ma’lumotga ko‘ra, respublikada koronavirus pandemiyasi davrida iqtisodiy inqirozni oldini olish, shu bilan birgalikda jahon bozorida neft xomashyosi narxi tushib ketganligi natijasida arzon narxlarda xomashyo import qilindi va bu bilan tannarxning sezilarli darajada kamayishiga erishilgan.

Qayd etilishicha, “O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan dizel yonilg‘isi bir litrining birjalardagi narxlari 2020 yilning yanvar-fevral oylari (2019 yil davomida o‘rtacha 7300 so‘m) davomida 7500 so‘mlik qiymatni saqlab qolgan.

Joriy yilning mart oyida esa dizel yonilg‘isi bir litrining birjalarda e’lon qilingan narxi 7089 so‘mgacha pasaytirilgandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yonilg‘isi, narxi, Avtotransport, arzonlashtirildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя