Загрузка...
Главная » 2018 » Июнь » 8 » O‘zbekistonda havo harorati 40 darajadan oshadi
08:39
O‘zbekistonda havo harorati 40 darajadan oshadi

Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, ertaga, 7 iyun kuni Respublikada quyidagicha ob-havo kuzatiladi.

Toshkentda havo harorati kechasi +20...+22, kunduzi +36...+38 daraja bo‘ladi. 7-12 m/s tezlikda shamol esib turadi.

Farg‘ona vodiysida havo harorati kechasi +17...+22, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi. Havo ochiq bo‘ladi.

Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi +20...+25, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi. 12-17 m/s tezlikda shamol esib turadi.

Navoiy va Buxoro viloyatlarida havo kechasi +22...+27, kunduzi +36...+41 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 12-17 m/s tezlikdan 15-20 m/s tezlikka yetishi kutiladi.

Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo harorati kechasi +22...+27, kunduzi +38...+43 daraja bo‘lib, 7-12 m/s tezlikda shamol esib turadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo harorati kechasi +20...+25, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 15-20 m/s tezlikka yetishi mumkin.

Sunnatilla Abdullaev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 117 | Добавил: ADMIN | Теги: havo harorati, oshadi, 40 daraja, O‘zbekiston, ob-havo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2018 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |