Главная » 2020 » Май » 29 » Dam olish kunlari havo harorati issiq bo‘ladimi?
18:05

Dam olish kunlari havo harorati issiq bo‘ladimi?


O‘zgidrometning xabar berishicha, bugun O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga quruq va juda issiq havo oqimining ta’siri davom etmoqda. Shu sababli Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati 37-42 daraja atrofida saqlanib turadi.
Respublikaning qolgan hududlari janubi-sharqiy Qozog‘iston va Qirg‘iziston hududlaridan kirayotgan nisbatan salqin havo oqimi ta’sirida bo‘ladi, natijada havo haroratining bir oz — 34-37 darajagacha, janubda 39 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlari va respublikaning tog‘li tumanlarida konvektiv bulutlar rivojlanishi bilan kechki soatlarda ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin.
Bunday ob-havo dam olish kunlarida ham saqlanib turadi. Bu kunlarning harorati o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 5-8 darajaga yuqori bo‘ladi.

Manba: "hordiq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: issiq bo‘ladimi, ob-havo, dam olish kunlari, havo harorati | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя