Главная » 2020 » Май » 15 » Dam olish kunlarida qanday ob-havo kutiladi?
16:59

Dam olish kunlarida qanday ob-havo kutiladi?



O‘zgidromet dam olish kunlarida kutiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 
Bugun O‘zbekistonning katta qismida ob-havo asosan quruq va nisbatan salqin bo‘ladi. Faqat Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida esa kechga borib yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16 mayda atmosfera fronti o‘tishi natijasida bulutlar ko‘payib, ayrim joylarga momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Bu kunlarda kunduzgi harorat 20-25 daraja atrofida bo‘ladi, bu may o‘rtasi uchun xos bo‘lgan me’yordan 3-6 darajaga pastdir.
17 mayda mamlakatmimiz hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat respublikaning janubiy va markaziy viloyatlarida ob-havo bir oz nobarqaror bo‘ladi. Bu hududlarda ba’zi joylarga yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
17 may kechga borib O‘zbekistonning shimoliy hududlariga Kaspiy dengizi tomondan navbatdagi nam havo oqimi kirishni boshlaydi. Ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.
17 mayda havo harorati 2-3 darajaga ko‘tariladi.

Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ob-havo, dam olish kunlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя