Главная » 2020 » Апрель » 27 » O‘zbekistonda sog‘ayganlar 900 nafarga yaqinlashdi
18:42

O‘zbekistonda sog‘ayganlar 900 nafarga yaqinlashdi


Toshkent shahrida 12 nafar bemor koronavirus kasalligidan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 27 aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 12 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor to‘liq sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi“ deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, sog‘aygan bemorlarning 7 nafari Toshkent shahridan. 1 nafari Buxoro viloyatidan, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan 2 nafardan. Ularning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olishgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 65 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 9 yoshda. Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar ularda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatgan.

Shunday qilib, bugun ayni paytga qadar 103 nafar bemor tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 892 nafarga yetdi.

Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha koronavirus infeksiyasi yuqtirganlar 1887 nafarni tashkil qilmoqda. Bemorlarning bemorlarning 8 nafari vafot etgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekistonda, sog‘ayganlar, nafarga yaqinlashdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя