Главная » 2020 » Октябрь » 3 » Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish uchun tunda iste’mol qilinishi kerak bo‘lgan 5 ta mahsulot
16:09

Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish uchun tunda iste’mol qilinishi kerak bo‘lgan 5 ta mahsulot


Ortiqcha vazn yo‘qotish ilinjida bo‘lganlarning eng birinchi vazifasi tunda ovqat yemaslikdir. Nafaqat tunda, balki kechki ovqat uchun ham kaloriyaga boy taomlarni tanovul etmaslik kerak.

Ammo Florida shtati tomonidan “Britaniya” jurnalida chop etilgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, uxlashdan yarim soat avval iste’mol qilingan 30 gramm oqsil nafaqat semirtirmaydi, balki ozishga ham yordam beradi. Ushbu mahsulotlarni tunda yeyish “mumkin” deb emas, balki “zarur” deb bilish kerak.

Tvorog

 

Tvorogda oqsil modda ko‘p bo‘lishiga qaramay, organizm uchun kerakli bo‘lgan kalsiyga boy. Ayniqsa, ayollar kalsiy yetishmovchiligi tufayli menopauza va undan keyingi jarayonda aziyat chekadi. Bu vaqtda suyak, bo‘g‘im va tishlar mo‘rtlashib qoladi. Shuningdek, tvorogni yog‘siz turini tanlashga shoshilmaslik zarur. Sababi u qon tomirlari va yurak salomatligi uchun zarur, shuningdek, vazn yo‘qotishda ham yordam beradi.

Bodom va yong‘oq

 

Yong‘oq juda ko‘p kaloriyali mahsulot bo‘lishiga qaramay, ularni muntazam va ehtiyotkorlik bilan tanovul qilish vazn tashlash va chiroyli qomatga ega bo‘lishda yordam beradi. Eng asosiysi, me’yorni oshirmaslik va kun davomida bir hovuchgina iste’mol qilish tavsiya etiladi. Yong‘oqning deyarli barcha turlari oqsilga boy, ammo eng foydali bo‘lganlari dumaloq yong‘oq va bodomdir. Ular tarkibida E vitamini, shuningdek, yurak uchun foydali bo‘lgan magniy va selen mavjud. Shuning uchun ham kechalari bir hovuch yong‘oq iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Motsarella pishlog‘i

Ushbu pishloqning 100 grammida 6 gramm oqsil, 1 gramm uglevod va atigi 100 kkal mavjud. Motsarellaning tarkibida ko‘plab D vitamini bo‘lib, bu vitamin barchaga quyoshsiz kunlarda yetishmaydi. Salomatlik hamda go‘zallik uchun ushbu pishloqdan tunda tanovul qilish kerak.

Tuxum

 

Agar to‘g‘ri ovqatlanish mutaxassislari eng foydali mahsulotni tanlashi kerak bo‘lsa, ular, ehtimol, tuxumni afzal deb biladi. Oqsil, D vitamin va minerallarga boy tuxum mahsuloti nafaqat nonushta, balki kechki ovqat uchun ham mos keladi.

Tofu

Vegetarian parhezida bo‘lganlar diqqatiga, ratsion tarkibida oqsil moddalarini nazorat qilish juda muhim. Tofu esa yetarli miqdorda oqsil olishga yordam beradigan ajoyib taom hisoblanadi. Ushbu mahsulot bilan kechki ovqatni bexavotir iste’mol qilish mumkin.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: vazndan, xalos bo‘lish, qilinishi, Ortiqcha, iste’mol, tunda, mahsulot | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя