Главная » 2020 » Декабрь » 17 » OTM talabalari va xodimlari qo‘shma qaror asosida plakvenil qabul qiladi
14:33

OTM talabalari va xodimlari qo‘shma qaror asosida plakvenil qabul qiladi


Oliy ta'lim maskanlari o‘z hisoblaridan xodimlar va talabalar uchun gidroksixloroxin va rux preparatlari sotib oladi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirlari Abduhakim Hojiboyev va Inomjon Majidov talabalar va OTM xodimlarini pandemiya davrida koronavirus infeksiyasidan himoyalashga oid qo‘shma qarorni imzolagani to‘g‘risidagi hujjat ommaga tarqatildi.

Qarorga ko‘ra, ta'minotchi korxona bo‘lgan «Dori-darmon» AKdan profilaktika maqsadida gidroksixloroxin va sink (rux) preparatlarini xarid qilish majburiyati belgilangan. Shu bilan birga, kasallik belgilari aniqlangan holda qo‘shimcha dorilar asosida davolash zarurligi bildirilgan.

Qarorning ahamiyatli jihati - unda bu preparatlarni sotib olish uchun zarur xarajatlar OTMlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi aytilgan.

Ma'lumki, gidroksixloroxin asosli plakvenil dori vositasi bo‘yicha juda ko‘p bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi. Bu qarordagi talabalar va xodimlarga berilishi mo‘ljallangan preparat ham aynan plakvenildir. O‘zbekistonda ham koronavirus pandemiyasi avj olgan iyul-avgust oylarida bu preparat bir necha marta davolash protokoliga kiritilgan va olib tashlangan edi.

Bu dori vositasi haqida so‘z yuritgan Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Anvar Alimov gidroksixloroxin mavzusi – siyosiy masala ekanligini, shtabning yana bir a'zosi Habibullo Oqilov esa O‘zbekiston «Plakvenil» masalasida JSST tavsiyasiga emas, o‘z tajribasiga asoslanayotganini ta'kidlagandi.

Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi Tibbiy standart va protokollarni ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i Klara Yodgorova gidroksixloroxinning samarasiz ekani haqida fikr bildirgani uchun tahdidga uchraganini ma'lum qilgandi.

Shu bilan birga, pandemiya davrida plakvenil preparati bo‘yicha katta hajmda davlat xaridi amalga oshirilgani to‘g‘risida ma'lumotlar bor.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: talabalari, qabul qiladi, plakvenil, qo‘shma qaror, xodimlari, OTM | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя