Главная » 2021 » Август » 18 » Bu yil OTMlarda o‘qish an’anaviy tarzda boshlanadimi? Rasmiy izoh
17:38

Bu yil OTMlarda o‘qish an’anaviy tarzda boshlanadimi? Rasmiy izoh


Yangi o‘quv yili an’anaviy (oflayn) tarzda boshlanadimi? Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bayonot berdi.

Ma’lum qilinishicha, ayni kunlarda vazirlik tomonidan OTMlarning pandemiya sharoitida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda ta’lim jarayonini an’anaviy (oflayn) tarzda tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra tegishli ma’lumotlar Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi. OTMlarda ta’lim jarayonini tashkil etish yuzasidan yakuniy xulosa tasdiqlangandan so‘ng, vazirlik sayti va ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari orqali rasmiy tarzda e’lon qilinadi.

Shu o‘rinda, vazirlik talabalarni pandemiya sharoitida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini, ularning ota-onalari ham farzandlari sog‘lig‘iga mas’uliyat bilan qarashlari va, albatta, vaksinatsiya jarayonida faol ishtirok etishlarini so‘rab qoladi.

«Emlash talabalarning o‘zlari hamda professor-o‘qituvchilarning ham sog‘-salomat bo‘lishini ta’minlaydi», - deyiladi bayonotda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: an’anaviy, tarzda, OTM | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя