Главная » 2016 » Декабрь » 1 » Paltongiz kirlangan bo‘lsa... tozalash uchun 7 tavsiya!
20:22

Paltongiz kirlangan bo‘lsa... tozalash uchun 7 tavsiya!


Har qanday turdagi paltoni tozalashdan avval uning yorlig‘iga ahamiyat berish yodingizdan chiqmasin. Agar yorlig‘ida  kimyoviy tozalashdan tashqari, qo‘lda yuvishga ruxsat berilgan bo‘lsa, ishga kirishamiz.

 

Kashmir paltosini shampun yoki jun matolari uchun mo‘ljallangan kir yuvish kukuni 30 darajali iliq suv solingan katta tog‘oraga soling va  yumshoq chyotka yordamida dog‘ bo‘lgan joylariga ishlov berib, yuving. Chayish jarayonida kondisionerdan foydalaning.  Paltoni rulon shaklida o‘rab, yengil siqing, so‘ng katta paxmoq sochiq solingan stolga yoyib, quriting. Shuningdek paltoning yelkasiga mos ilgichga osib, quritish ham mumkin.

Drap paltoni tozalash uchun gilamlarni tozalash vositasidan foydalanish mumkin. Vositani qadog‘idaga ko‘rsatmaga binoan suvda eritib, ko‘pigini paltoga surtib chiqiladi va qurigach, tabiiy tukli chyotka bilan tozalanadi.

Yung gazlamadan tikilgan paltolardagi dog‘larni  1 qoshiqdan sirka va spirt aralashmasiga bo‘ktirilgan gubka yordamida arting. Agar palto to‘q rangli bo‘lsa, gubkani qora choyga botirib, artishingiz mumkin.

Barcha turdagi paltolardagi dog‘larni tozalayotganda, dog‘ chetidan markazga qarab tozalang, agar birinchi bo‘lib markazni artsangiz, dog‘lar yon taraflarga tarqab, ishingiz qiyinlashadi.

Dog‘larni tozalayotganda paltoning tagiga, albatta, sochiqcha qo‘ying, u o‘ziga dog‘ va kirlarni yutib oladi.

Paltoga yog‘ to‘kilsa, ustiga darrov kartoshka kraxmali yoki talkdan qalin qilib sepib, bir necha soatga shu holatda qoldiring.  So‘ng qoqib tashlang.

Palto yoqasidagi kirni tuz va novshadil spirtidan tayyorlangan qorishmada (4:1) artib, tozalang.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: tozalash, Paltongiz kirlangan bo‘lsa, tavsiya | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя